IIV matbuot kotibi har payshanba kuni AOKAda ochiq muloqotni ta’minlash uchun matbuot anjumani o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bundan bir hafta oldin publitsist va bloger Shokir Sharipov tizimda davom etayotgan muammolar tufayli IIV rahbari iste’fosini talab qilib, piket uyushtirgandi.
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot haftaligida import qilinayotgan lyuks avtomobillarning ikki barobar qimmatlashuviga olib keladigan sertifikatlash jarayonidagi qiyinchiliklar haqida fikr yuritildi. Moliya vaziri o‘rinbosari jarayonni soddalashtirish bo‘yicha rejalar bilan bo‘lishdi.
20-avgust — Tadbirkorlar kunida prezident ishbilarmon doira vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqotni o‘tkazadi. Taklif va savollar iyul oxiriga qadar qabul qilinadi.
SSV O‘zbekiston prezidentining yaqin kunlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan olimlar, shifokorlar, farmatsevtlar, hamshiralar va tizim xodimlari bilan ochiq muloqoti uchun 4500 dan ziyod murojaat kelib tushganini ma’lum qildi. Savol va takliflarning eng ko‘pi sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘iniga taalluqli.
Shavkat Mirziyoyev navbatdagi ochiq muloqotni tibbiyot sohasi vakillari, jumladan, olimlar, shifokorlar, farmatsevtlar, hamshiralar va tizim xodimlari bilan o‘tkazadi. Shundan kelib chiqib, SSV aholi va tibbiyot xodimlarining taklif, muammo va kamchiliklarini o‘rganish maqsadida maxsus «Call-markaz»ni ishga tushirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting